AQŞ prezidenti Barak Obama özining Efiopiya poytaxti Addis-Abebedagi nutqi davomida öz prezidentlik muddatlari oxirida vakolatlarini tugatişdan boş tortayotgan Afrika davlatlari yetakçilarini qoraladi. Bu haqda France 24 telekanali xabar bermoqda.

Obama buni “umuman tuşunmasligini” hamda bunday xatti-harakatlar Afrikaning demokratik taraqqiyotiga xavf solayotganini ta'kidlab ötdi.

Prezident “heç kim umrbod prezident bölmasligi kerakligini” aytdi va özining ikkinçi muddati tugaşini intiqlik bilan kutayotganini, çunki bu unga oilasi bilan köproq vaqt ötkaziş va Afrikaga tez-tez kelib turişga imkon berişini qöşimça qildi.

“Yetakçilar öyinbuzuqilik qilib, hukumat tepasida qolişni istaganlarida bu beqarorlik va nizolar keltirib çiqarişi mumkin”, deb aytdi Obama va uçinçi muddatga saylanişi mamlakatda uzoq davom etgan tartibsizliklarni keltirib çiqargan Burundi prezidenti Pera Nkurunzizuni bunday xatti-harakatlarga misol tariqasida keltirdi.