APL debyutantlaridan biri "Bornmut" jamoasi öz tarkibini kuçaytirişda davom etmoqda.

"Sent-Eten" jamoasining sobiq xavbeki va Kot-d`Ivuar terma jamoasi a'zosi Maks Gradel "Bornmut"ga ötişga rozi bölgan.

L’Equipe naşrida xabar qilinişiça, 27 yoşli uşbu futbolçi ingliz jamoasida muvaffaqiyatli tarzda tibbiy körikdan ötgan va endi jamoa bilan 4 yillik şartnoma imzolaydi.

Biroz oldinroq, u Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi taklifini rad etgandi.

Ma'lumot uçun Gradel ötgan mavsumda "Sent-Eten" tarkibida Fransiya çempionatining 31 öyinida iştirok etib, 17ta gol urgan va 4ta golli pas uzatgandi.