"Arsenal" jamoasi yarim himoyaçisi Jyek Uilşer APLning yangi mavsumi startidagi öyinlarda tizzasidagi jarohat tufayli iştirok eta olmasligi mumkin.
The Daily Mail naşrining xabar berişiça, 23 yoşli bu futbolçi 2 avgust kuni Angliya Superkubogi uçun "Çelsi"ga qarşi ötkazilgan öyinda ham şu tufayli maydonga tuşa olmagandi.
Uning jarohati tuzalişi uçun 3 hafta vaqt talab etiladi.
Şu tariqa, Uilşer APLning "Vest Xem" va "Kristal Pelas"ga qarşi öyinlarini ötkazib yuboradi. 24 avgust kuni "Liverpul"ga qarşi ötkaziladigan 3 tur öyinida ham uning iştirok etişi söroq ostida qoladi.
Eslatib ötamiz, Uilşer 2011 yilda öng tizzasini operatsiya qildirgandi.






