Tayvanning HTC kompaniyasi iş örinlarini qisqartirib, şu bilan birga işlab çiqariladigan modellar miqdorini ham kamaytirmoqçi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bu qadam kompaniyani yuqori narx segmentidagi mahsulotlar işlab çiqarişga qayta yönaltiriş hamda Samsung va Apple kompaniyalari bilan raqobatga kirişiş maqsadida taşlanmoqda.
“Kompaniya xarajatlarining kamaytirilişi keyingi yilning birinçi çoragiga qadar davom etadi”, – dedi moliyaviy direktor Çialin Çang.

Oxirgi bir neça yil mobaynida kompaniyaning bozordagi uluşi qisqarib bormoqda. Bunga nafaqat Samsung va Apple, balki arzon smartfonlar bozorida köpayib ketgan Xitoy kompaniyalari ham sabab böldi.