Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç Ukraina boş prokuraturasidagi söroqqa uning nomiga yuborilgan tahdidlar tufayli borişdan boş tortdi. Bu haqda Yanukoviçning advokati Vitaliy Serdyuk ma'lum qildi.

Advokatning aytişiça, Ukraina Jinoiy-protsessual kodeksi me'yorlariga köra, hayot va soğliqqa solinuvçi xavf tergov harakatlariga kelmaslikka asos böla oladi.

Sobiq prezident özining hozirdagi joylaşgan örnidan videokonferents formatida körsatma berişga tayyor.

6 avgust kuni Ukraina boş prokuraturasi Yanukoviçni uning ustidan oçilgan jinoiy iş davomida söroqqa kelişini söragan.