13 avgustdan Moskvada ikkinçi murabbo festivali boşlandi, uning tayyorlanişiga 160 mln rublga yaqin pul sarflandi. Şaharning ba'zi köçalari va maydonlari norasmiy ravişda 10 kunga qayta nomlandi. Misol uçun, Tver maydoni vaqtinçalik “Arbuznaya” maydoniga aylandi. Şahar aholisi va sayyohlar 19 ta davlatdan keltirilgan murabboning önlab turlarini tatib körişga taklif qilindilar.

Bundan taşqari, an'anaviy rezavorlar va mevalardan tayyorlangan murabbolardan taşqari, joriy yilda çili garmdorisi va qoqiguldan tayyorlangan murabbolarni ham uçratiş mumkin.
Moskva madaniyat departamenti 368 ta ijodiy guruh iştirokida bayram dasturini tayyorladi. Festivalga 5 mln kişi taşrif buyurişi kutilmoqda.
Moskva markazida festival paytida bir neçta skulpturalar, jumladan sabzavot va mevalardan taşkil topgan skulptura, Manejnaya maydonidagi 11 metrlik tarvuz va murabbolardan taşşil topgan “sohilböyi” örnatildi.




























