Özbekistonda xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişgaga qaratilgan qonun kuçga kirdi. Qonunning töliq matni "Xalq sözi" gazetasida e'lon qilingan.

Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişga, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2015 yil 31 iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2015 yilning 6 avgustida ma'qullangan.

«XIII 1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qiliş, qonunga xilof ravişda aralaşiş bilan boğliq jinoyatlar hamda xöjalik yurituvçi sub'yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boşqa jinoyatlar

192- (1) modda. Xususiy mulk huquqini buziş

Nazorat qiluvçi, huquqni muhofaza qiluvçi hamda boşqa davlat organining va davlat taşkilotining mansabdor şaxsi yoki xizmatçisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buziş yöli bilan ularga zarar yetkaziş, ya'ni mulk huquqini qonunga xilof ravişda çeklaş va (yoki) undan mahrum etiş, xususiy mulkka tajovuz qiliş, nomaqbulligi oldindan ayon bölgan şartlarni mulkdorga majburan qabul qildiriş, şu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topşirişni asossiz ravişda talab qiliş, şuningdek mulkdorning mulkini olib qöyiş yoxud uni öz mol-mulkiga bölgan huquqidan voz keçişga majburlaş, talon-toroj alomatlari mavjud bölmagan taqdirda, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, —

eng kam oylik iş haqining bir yuz ellik baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:

a) köp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa, —

eng kam oylik iş haqining uç yuz baravaridan beş yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.