Tojikistonning seldan aziyat çekkan tumanlari aholisiga Qozoğistondan gumanitar yordam yuboriladi. Bu haqda Vlast.kz resursi xabar bermoqda.

Xalqaro gumanitar yordam masalalari böyiça komissiya yiğilişida boş vazir birinçi örinbosari Baqitjon Sagintayevning ma'lum qilişiça, Tojikistonga yuboriladigan gumanitar yukdan göşt va sut konservalari, yoğ, şakar, guruç, şifer, metalloprokat va boşqa narsalar örin oladi.

Tojikistonning toğli hududlarida ob-havo şaroitlarining keskin özgarişi tufayli muzliklarning erişi kuzatildi, bu ayrim hududlarda sellarni keltirib çiqardi. Bunday vaziyat Panj, Zarafşon, Kofarnihon, Isfara, Isfana daryolari havzasida yuzaga keldi.