Rossiyaning “Transaero” aviakompaniyasi öz amaliy faoliyatini taxminan qişga qadar davom ettiradi. Bu haqda Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov ma'lum qildi.
Vazir sözlariga köra, aviakompaniya yölovçilar oldidagi barça majburiyatlarni bajaradi.
Aviataşuvçi kreditorlari özaro kelişib, aviakompaniyaning kelgusi taqdirida boş kreditor — “Aeroflot”ning rolini ham aniqlab olişadi. Hujjat imzolanganidan söng esa aviataşuvlar bozoridagi holatdan kelib çiqqan holda, “Transaero”ning yangi faoliyat modeli va rivojlaniş istiqbollari belgilab olinadi.
“Transaero”ning sanatsiyasi va uning “Aeroflot” nazorati ostiga ötişi bilan boğliq jarayonlar yarim yilça vaqt olişi ta'kidlab ötildi.
Vazir, şuningdek, “Transaero”ning “Aeroflot” nazorati ostiga ötişi munosabati bilan samolyot çiptalari narxining kötarilişi mumkinligi haqida muddatidan oldin xulosa çiqarmaslikka çaqirdi.
Eslatib ötamiz, 1 sentabr kuni Rossiyadagi yirik “Aeroflot” aviakompaniyasi “Transaero”ning 75 foiz va bir dona aksiyasini 1 rublga sotib olayotgani xabar qilingan edi.
Sberbank esa “Transaero”ning sanatsiya böyiça moliyaviy maslahatçisi böladi.
“Transaero” aviataşuvlar hajmi böyiça Rossiyada ikkinçi örinda turadi. Kompaniya hisobida 106ta samolyot mavjud. 2015 yil 1 iyun holatiga köra, kompaniyaning umumiy qarzlari 250 milliard rublga yetib, ularning aksariyati qisqa muddatli kreditlardir.






