XXR davlat kengaşi prezidentining örinbosari Van Yan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maşhur amerikalik aktyor Stiven Sigal bilan ringga çiqişni taklif qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti 4 sentabr kuni Russkiy orolidagi okeanariumga taşrif buyurganida uni Primore gubernatori Vladimir Mikluşevskiy Xitoy delegatsiyasi va Sigal kutib olişdi. Binoga kiriş çoğida Van Yan Putin ham, Sigal ham yakkakuraşlarga qiziqişini esga olib, ularga ringga tuşib, kuç sinaşib körişni taklif qildi.
“Men rozi bölmasdim”, - hazilomuz javob berdi Putin.
Putin dzyudo bilan 11 yildan buyon şuğullanib keladi. 2006 yili u Yevropa dzyudo ittifoqining faxriy prezidentiga aylandi, 2010 yilda esa Janubiy Koreyaning Yonin universitetidan “Dzyudo sohasi doktori” faxriy diplomini oldi.






