18-20 sentabr kunlari Toşkent şahrida Devis Kubogi doirasida Jahon bosqiçiga saralaş bahslari bölib ötadi.

Bugun Toşkentdagi City Palace mehmonxonasida özaro bahslar uçun qur'a taşlandi. Ertaga Özbekistonning birinçi raketkasi Denis Istomin Stiv Jonsonga qarşi kortga çiqadi. Farrux Döstov esa Jyek Sok bilan kuç sinaşadi.

19 sentabr kuni juftliklar bahsi ötkaziladi. Istomin/Döstov tandemi Jonson/Kuerri juftligiga qarşi bahs olib boradi.

Bahslarning sönggi kunida Denis Istomin Jyek Sokka qarşi kortga çiqadi, şundan söng Farrux Döstov Stiv Jonson bilan bahs olib boradi.