«AvtoVAZ» Lada Priora oilasi avtomobillarini işlab çiqarişni töxtatdi. Modelni yiğiş işlari oktabrdan avval boşlanmaydi. Bu haqda korxona matbuot xizmatiga asoslanib, sarzone.uz xabar bermoqda.
«Vaziyat juda oddiy, heç qanday ğayritabiiylik yöq. Zavodning işlab çiqariş jadvali bozor talablari va dilerlik tarmoqlarining buyurtmalari asosida şakllantiriladi — bu barça modellarga, xususan, Lada Priora’ga ham taalluqli. Işlab çiqarişning sentabr oyi rejasi bajarib bölindi», — dedi «AvtoVAZ» vakili.
«Vedomosti» gazetasining öz manbalariga asoslanib xabar berişiça, «Priora»larning işlab çiqarilişini qayta yölga qöyiş katta söroq ostida turibdi. Bu model savdosining juda pastligi va tez orada Lada Vesta’ning sedan versiyasi sotuvga çiqişi bilan boğliq.

«Vedomosti» suhbatdoşlarining qayd etişiça, «AvtoVAZ» «Priora»ni çeklangan miqdorda işlab çiqariş va boşqa korxonalar, masalan, «Çeçenavto» tomonidan yiğilayotgan modellar uçun ehtiyot qismlar yetkazib berişga tayyor.
Avvalroq Lada Priora’ni işlab çiqariş jarayoni 2018 yilga qadar davom etişi haqida xabar berilgan edi. Bundan taşqari, model restayling qilinişi ham kutilmoqda edi. Yangilanişdan söng «Priora» Lada XRay va Vesta öxşaşroq bölişi kerak edi.
Şuningdek, OAVda şu modelni işlab çiqariş töxtatilişi tufayli “AvtoVAZ” 15 ming xodimini qisqartirişni rejalaştirayotgani haqida ma'lumot paydo bölgan edi.






