Nepal hukumati yakşanba, 27 sentabr kunidan mamlakatda yonilği tanqisligi vujudga kelişi ehtimoli mavjudligi sababli avtomobillar harakatida çeklovlar joriy etdi, deya xabar bermoqda NDTV.

Naşr ma'lumotiga köra, yonilği yetkazib beriş bilan boğliq muammo 24 sentabr kuni namoyişçilar yangi konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan mamlakatni Hindiston bilan boğlovçi asosiy yöllarni tösib qöygani sababli vujudga kelgan.

Nepal hukumati avtomobil egalariga maşina davlat raqamlarining sönggi raqamiga mos ravişda haftaning juft yoki toq kunlarida harakatlanişga ruxsat berdi.

Şu bilan birga, mamlakat hukumati Nepalga parvozlarni amalga oşirayotgan xalqaro aviakompaniyalarga öz şaxsiy yonilği zaxiralarini jamlab oliş lozimligi, 28 sentabrdan hukumat ularni yonilği bilan barqaror ta'minlaşga kafolat bermasligi haqida ogohlantirgan.