Google kompaniyasi özining yangi Accelerated Mobile Pages xizmatini sinovdan ötkazmoqda. Bu xizmat foydalanuvçilari gazetalar sotib olmagan va saytlarga kirmagan holda yangiliklarni öqişi mumkin böladi.

Google taklif etadigan bu xizmati uçun Apple va Facebook`dan farqli ravişda yangiliklarini platformaga joylaştiradigan naşrlardan haq undirmaydi.

Ayni vaqtda uşbu xizmat sinov muddatida va u qaçondan boşlab joriy etilişi noma'lum.

Qayd etiş kerakki, The Washington Post naşri öquvçilarining 60 foizi yangiliklarni mobil qurilmalar orqali öqiydi va bunday loyihalarni qulayligi uçun qöllab-quvvatlaydi.

Google bu loyiha böyiça gazetalar va jurnallardan taşqari, boşqa turdagi media-kontentlar bilan ham hamkorlik qilişni rejalaştirgan.