Savol: Facebook va Twitter tarmoğidagi eng maşhur musulmonlar kimligi haqida ma'lumot bersangiz. (Xurşid)

Javob: Yaqinda çop etilgan Iordaniya Qirollik strategik islom ta'limi markazi e'lon qilgan “Jahonning eng obröli musulmonlari 500 taligi” kitobida ma'lumot berilişiça, Facebook tarmoğidagi eng maşhur musulmon germaniyalik 26 yoşli turk futbolçisi Mesul Özildir. Germaniya terma jamoasi va Angliyaning “Arsenal” klubi yarim-himoyaçisi Mesutning tarmoqdagi muxlislari soni 28,7 million nafardan oşadi.

Facebook tarmoğidagi eng maşhur musulmonlar röyxatining 2-örnini şvetsiyalik 34 yoşli xonanda Mohir Zeyn egallab turibdi. Asli Livanda tuğilgan xonanda islomiy qöşiqlari bilan maşhurdir. Uning tarmoqdagi muxlislari soni 25,2 million nafardan oşadi.

Hindistonlik 48 yoşli bastakor A.R. Rahmon 21 milliondan ortiq muxlislari bilan uçinçi örinda. A.R. Rahmon “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlari sovrindori.

Röyxatning 4-qatoridan örin olgan angliyalik 22 yoşli xonanda Zayn Malikning muxlislari soni 20 million nafardan oşadi.

37 yoşli misrlik da'vatçi va teleyulduz Mustafo Husniy 19 millionlik muxlislari bilan 5-örinda. Saudiya arabistonilik olim, qirol Saud universiteti professori Muhammad al-Arifiyning muxlislari soni ham 19 milliondan oşadi (6-örin). Misrlik yana bir da'vatçi Amr Xolidning muxlislari ham 18 milliondan ortiq (7-örin).

Misrlik xonanda Tamer Husniy (16 million muxlis, 8-örin) va Amr Diab (14 million muxlis, 10-örin), hindistonlik aktyor Amir Xon (15 million muxlis, 9-örin) kuçli önlikdan joy egallaşgan.

Facebook tarmoğidagi eng maşhur qori quvaytlik Şayx Mişariy Roşid Al-afasiy bölib, uning muxlislari soni 13 milliondan oşadi (11-örin). Eng maşhur musulmon siyosatçi esa Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdoğandir (8 million muxlis, 18-örin).

Twitter tarmoğidagi eng maşhur musulmonlar:

1. Zayn Malik – angliyalik xonanda (16 million kuzatuvçisi bor).

2. Amir Xon – hindistonlik aktyor (15 mln).

3. Muhammad al-Arifiy – saudiya arabistonilik olim (13 mln).

4. Ahmad aş-Şuqayriy – saudiyalik şoumen (12 mln).

5. Oiz al-Qarniy – saudiyalik olim (10 mln).

6. Mesut Özil – germaniyalik futbolçi (10 mln).

7. A.A. Rahmon – hindistonlik bastakor (8 mln).

8. Şayx Mişariy Roşid Al-afasiy – quvaytlik qori (8 mln).

9. Salmon al-Uda – saudiyalik olim (7 mln).

10. Rajab Tayyib Erdoğan – Turkiya prezidenti (7 mln).

Manba: qadriyat.uz