Sport | 08:43 / 12.10.2015
3636
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016 saralashi: Albaniya ilk marta Yevropa chempionatida ishtirok etadi

Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida guruhida saralash o‘yinlari yakuniga yetdi.

"I" guruhida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmalardan biri so‘nggi turda safarda Armanistonni mag‘lub etgan Albaniyaga nasib etdi. Albanlar o‘z tarixlarida ilk marta Yevropa chempionatida ishtirok etishadi.

Muddatidan 1 tur avval qit'a chempionatiga chiqqan Portugaliya esa so‘nggi turda Serbiyani mag‘lub etdi. 1992 yilda Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Daniya pley-offda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Yevro-2016 saralash, 10-tur
"I" GURUHI

Armaniston – Albaniya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 9, avtogol Ovanesyan, 0:2 – 23 Memushay, 0:3 – 76 Sadiku. 
Armaniston – Kasparov, Aroyan, Andonyan, Arzumanyan, Yuspashyan (Ozbiliz, 46), Mkrtchyan, Ovanesyan, Mxitaryan, Kazaryan (Pogosyan, 83), Movsisyan (Sarkisov, 59), Pitstselli.
Albaniya – Berisha, Jimsiti, Xyusay, Aliyi, Tsana, Memushay (Kukeli, 73), Basha (Abrashi, 87), Jaka, Roshi, Gashi, Chikaleshi (Sadiku, 59).
Ogohlantirishlar: Arzumanyan (17), Yuspashyan (27), Aliyi (52), Jimsiti (64), Basha (80), Andonyan (82).

Serbiya – Portugaliya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 5 Nani, 1:1 – 65 Toshich, 1:2 – 78 Moutinyu.
Serbiya – Stoykovich, Tomovich, Kolarov (Obradovich, 77), Toshich, Mitrovich, Matich, Tadich, Toshich (Suleymani, 85), Milivoyevich, Lyayich, Mitrovich (Shkuletich, 85).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Nelson Semedu, Alvesh (Netu, 46), Elizeu, Fonte, Kuarejma, Nani, Danilu Pereyra, Andre Andre, Danni (Eder, 57), Velozu (Moutinyu, 70).
Ogohlantirishlar: Nelson Semedu (28), Danni (42), Nani (44), Mitrovich (49), Danilu Pereyra (49), Kolarov (79), Toshich (79), Andre Andre (80).
Chetlatish: Kolarov (79), Matich (81).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish