20 oktabr kuni Hindiston şimolidagi Jammu va Kaşmir ştatidagi Baramulla okrugida jangarilar bilan harbiylar örtasida otişma sodir etildi va 3 nafar harbiy jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bergan.
"Xavfsizlik xizmatlari xodimlari Bongam qişloğini örab olişgan. Bu hududda jangarilar guruhi joylaşgani haqida ma'lumot olingan", deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, bu hududga politsiya yetib kelişi bilanoq jangarilar öt oçişni boşlaşgan. Otişma vaqtida jangarilardan biri öldirilgan.
Bundan oldin hindistonlik askar tuşunarsiz sababga köra, tinç aholi vakillaridan 4 nafarini otib taşlagani va keyin öz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etiş kerakki, mamlakat şimolda jangarilar faol harakat qiladigan Pokiston bilan çegaradoş hisoblanadi.






