Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Tucson krossoverining navbatdagi versiyasini namoyiş qildi. Avtomobilning bu versiya SEMA tyuning-şousi uçun maxsus tayyorlangan. Sayohat qiliş ixlosmandlari uçun möljallangan maşina tyunerçi va fotosuratçi Jon Pangilinan bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtomobil Adventuremobile (Sarguzaştlar avtomobili) deb nomlandi.

Yangi krossoverning öziga xos jihati şundaki, uning tomida ikki kişilik Treeline Outdoors çodirini örnatiş mumkin. Krossover çodirga çiqiş uçun möljallangan narvon hamda çodirdagi barça zaruriy narsalarni elektr energiya bilan ta'minlaydigan quyoş batareyalari bilan jihozlangan.

Yöltanlamas modernizatsiya qilingan podveska, yangi şina va ğildiraklar diski, deyarli 4 smga oşirilgan yöl bilan oraliq, qöşimça yoruğlik qurilmasi, kuzovning öziga xos rangi, yangi kiritiş-çiqariş tizimi bilan ta'minlandi.

Tucson’ning bu versiyasi Hyundai’ning 2015 yildagi SEMA şousi uçun yaratgan 5-loyihasi böldi. Avvalroq koreys avtomobilsozlari Veloster, Genesis kupesidan yaratilgan BMW M4’ning raqobatçisi, Tucson’ning 700 ot kuçiga ega va yöltanlamas modifikatsiyalarini tayyorlagan edi.

SEMA şousi noyabr boşida Las-Vegasda bölib ötadi.