Joriy yilning 21-31 oktabr kunlari Qatarning Doxa şahrida bölib ötayotgan yengil atletika böyiça Jahon Çempionatida paralimpiya sportçilarimiz ilk ğalabani qölga kiritdilar. Bugun musobaqaning birinçi kuni hamyurtimiz Çevarov Bekjon uzunlikka sakraşda 6,65 m natija bilan bronza medaliga sazovor böldi va yangi Osiyo rekordini örnatdi. Bekjondan taşqari bugun yana 3-ta sportçimiz bellaşadilar: yadro uloqtirişda Xaydarov Mavlon, 1 500m yugurişda Murodullayev Ma'rufjon va 100m yugurişda Abdiraşidov Mansurlar.
Eslatib ötamiz uşbu nufuzli musobaqada 2016 yil Rio-de-Janeyroda bölib ötadigan yozgi XV Paralimpiya öyinlariga töğridan-töğri yöllanmalar beriladi.






