Özbekiston Afrika va Janubiy Amerikaning ilgari savdo munosabatlari örnatilmagan 13 davlatiga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda.

Joriy yil boşidan buyon ilgari öz mahsulotlarini eksport qilmagan 830 korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi.

Ötgan davr mobaynida avtobus, oq sement, suyuq va gazsimon argon, travertin va sopol koşinlar, maişiy gaz, elektr va kombinatsiyalangan plitalar, avtomobil örindiqlari, avtomobillarning ştampalangan detallari, payvandlaş uskunalari, yangi turdagi konservalangan mahsulotlar va boşqa turdagi qiymati 102 million dollardan ziyod 199 turdagi yangi tovarlar eksportga yetkazib berildi.

ÖzA xabariga köra, Afrika va Janubiy Amerikaning ilgari savdo munosabatlari örnatilmagan 13 davlatiga (Angola, Uganda, Benin, Çad, Liberiya, Kamerun, Mavrikiya, Madagaskar, Somali, Markaziy Afrika Respublikasi, Dominikan Respublikasi) mineral öğit, kaolin, yengil avtomobillar va boşqa mahsulotlar eksport qilinmoqda.

«Özstandart» agentligi huzuridagi Mahsulotlar eksportiga kömaklaşiş byurosi tomonidan yil boşidan buyon öz mahsulotlarini taşqi bozorga çiqariş böyiça 1133 korxonaga maslahat xizmatlari körsatildi, standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaş, akkreditatsiya, mahsulot eksporti va xalqaro talablarni joriy etiş böyiça 29 xalqaro şartnoma tuzildi.