Android One smartfonlari işlab çiqarilganidan sönggi dastlabki 1 oy mobaynida bu gadjyetlardan 10 ming nusxa Özbekiston bozorlarida sotildi. Bu haqda Sputnik agentligi Artel kompaniyasi xodimiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Aytilişiça, bu Google Inc korporatsiyasi bilan hamkorlikda işlab çiqarilişi özlaştirilgan yangi smartfon uçun Özbekiston bozor şaroitlarini inobatga olgan holda yomon natija emas.
“Amerikalik hamkorlarimizning Özbekiston bozoriga çiqiş böyiça kutayotgan natijalari umuman olganda özini oqlamoqda va ular natijadan xursand. Mahalliy bozor katta salohiyatga ega, yangi smartfon xaridlari ösişi kutilmoqda”, - ta'kidladi agentlik suhbatdoşi.
2015 fevralida Google öz işlanmalari uçun yangi istiqbolli mintaqalar topişga qaror qildi. Şu maqsadda korporatsiyaning Yaqin Şarq, Uzoq Şarq va Markaziy Osiyo davlatlaridagi ofisi Istanbulda joylaşgan eng yirik riteyleri General Mobile yangi mamlakatlarning bozorlariga kira boşladi. Şu maqsadda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Pokiston, Eron, Tojikistonga taşriflar uyuştirildi. Natijada tanlov Özbekistonga tuşdi. Iyul oyida korporatsiya Artel bilan hamkorlikni boşladi.






