Suriyada harbiy xizmat ötayotgan paytda özini osib qöygan rossiyalik askar Vadim Kostenkoning otasi Aleksandr Kostenko öğlining tanasida osiş alomatlarini aniqlamaganini Reuters axborot agentligi bilan suhbatda aytib ötdi.
“Uning tanasida özini osganidan darak beruvçi izlar yöq. Prokuratura nima deyişini köramiz”, deb aytdi askarning otasi.
Suriyada xizmat ötayotgan 19 yoşli harbiyning ölgani 27 oktabrda ma'lum bölgan. Bu haqda RBK naşri xabar bergan. Keyinroq bu ma'lumotni askarning yaqinlari tasdiqlagan.
Askar 28 oktabrda ona yurti – Krasnodar ölkasidagi Greçanaya Balka xutorida dafn etildi. Reuters agentligining ma'lum qilişiça, askar harbiy kiyimda, böyni kiyimining yoqasi bilan berkitilgan holda dafn etilgan. Askarning burnida qon talaş jarohati körinib turgan.
Reuters bilan yaşirinça suhbatlaşgan zobitning aytişiça, askarning tanasini safdoşlari aniqlagan va “u öz joniga qasd qilgani” körinib turgan. Askarning telefonida sevgilisiga 10 marta javobsiz qolgan qönğiroqni amalga oşirgani aniqlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi şu kuning özida askar halok bölganini tasdiqladi. Vazirlikning tasdiqlaşiça, askar şaxsiy sabablar tufayli öz joniga qasd qilgan. Mudofaa vazirligi askarning telefonida aniqlangan sms-xabarlar tahlili asosida yigit sevgilisi bilan munosabatlariga putur yetgani sabab öz joniga qasd qilgani haqidagi xulosaga kelgan. Boş harbiy prokuratura ma'lumotlariga köra, dastlabki tekşiruvlar askar özini osib qöyganidan darak bermoqda.
Avvalroq marhumnig ota-onasi öğillarining öz joniga qasd qilganiga işonmasliklarini aytişgan.
Özini askarning amakisi deb taniştirgan erkakning aytişiça, yigitning jaği singan va boşi yorilgan holda bölgan. “Böyni ham singan, badani kindigiça yorilgan edi”, deb aytdi erkak.
Boş harbiy prokuratura askarning ölimi yuzasidan tekşiruv boşladi.






