Misr OAVlari guvohlarga iqtibos keltirgan holda Şarm-al-Şayhdan Sankt-Peterburgga 9268 reysi böyiça parvoz qilayotgan paytda falokatga uçragan Rossiyaning “Kogalymavia” aviakompaniyasiga tegişli Airbus 321 samolyoti qulaşi oldidan havoda yonib ketgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Samolyot Misrdan Toşkent vaqti bilan soat 8.51da havoga kötarilgan va şundan keyin radarlar ekranidan yöqolib qolgan. Samolyotda 217 nafar yölovçi va 7 nafar ekipaj a'zosi bölgan.

“Yonayotgan samolyotni körişgan, taxminlarça samolyotning dvigateli yongan”, deb aytmoqda mahalliy aholi.

Samolyot qulagan Sinay yarimoroli aholisining aytişiça, samolyotning bölaklari toğli hududda katta maydonga soçilib ketgan.

Rossiya transport vazirligi samolyotning qulaşi oqibatlarini aytişga hali ertaligini aytmoqda.

Vazirlikda aytilişiça, falokat sabablarini fojiani örganiş böyiça xalqaro tergov ötkazilgandan keyin aytiş mumkin böladi.