Ötgan dam oliş kunlari xitoylik 18 ming nafaqaxör Xebey viloyatidagi Syanxe uyezdida töplanib, jamoaviy raqs uyuştirdi. Bu haqda Daily Mail naşri yozmoqda.
Ular xit bölgan Little Apple kompozitsiyasiga raqs tuşişdi.
Xabar qilinişiça, “Qizil raqs alyansi” bu aksiya bilan bir paytning özida bitta raqsni ijro etgan odamlar soniga köra yangi jahon rekordini örnata oldi.
Internetda joylaştirilgan videorolikdan ma'lum bölişiça, nafaqaxörlar 100 kişilik qator bölib tizilişgan. Videorolikni yoziş uçun raqqoslar Pekinning barça hududlaridan taşrif buyurişgan.
Noma'lum sabablarga köra qariyb 18.5 ming raqqosdan 41 nafari diskvalifikatsiya qilingan.
Ilgarigi rekord 2007 yili AQŞda örnatilgan bölib, unda 17 ming raqqos Atlantada raqs tuşgan edi.






