Şifokorlar ota-onasi kambağal bölgan bolalar köp hollarda semizlikdan aziyat çekadi, deya ma'lum qilişdi. Bu borada ötkazilgan tadqiqotlar natijasi Preventive Medicine jurnalida çop etildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, bugungi kunda taxminan 42 million gödaklar, maktabgaça va maktab yoşidagi bolalar semizlik yoki ortiqça vazndan aziyat çekmoqda. Ular miqdori har yili muntazam ravişda oşib bormoqda va 2025 yilga kelib bunday bolalar soni 70 million nafardan ortadi.
Monreal (Kanada)dagi Konkordiya universiteti olimi Layza Kakinami (Lisa Kakinami) va uning hamkasblari bolalar semizligi epidemiyasining bunday ravojlanişining ehtimoliy sabablarini örganar ekan, ota-onalar tomonidan olib boriladigan tarbiya usullari ham ortiqça vazn töplaşga olib kelişini aniqlaşdi.
Olimlar umumiy miqyosda 37 ming kanadalik bolalar va ota-onalarining oilaviy hayotini sinçiklab örganib, ular farzandi yeyişni istayotganini anglaş salohiyati va bola parhezini nazorat qiliş darajasi mezonlari böyiça törtta toifaga ajratildi.
Dastlab Kakinami va uning jamoasi ota-onalarning daromadi hamda ijtimoiy holati bolalarining vazni va parhezi borasidagi tarbiya uslublariga kuçli ta'sir körsatişi mumkinligini taxmin qilgan edi. Ammo ular dastlabki natijalarni tahlil qilar ekan, oiladagi moddiy ta'minot farzandlar, ayniqsa maktabgaça yoşdagi bolalarning semizlikka moyilligiga töğridan-töğri ta'sir körsatuvçi omil ekanini aniqlaşdi.
Ma'lumotlar tahlili rasman kambağallik çegarasida hayot keçirayotgan oilalarning maktabgaça yoşdagi bolalar ota-onalarining qançalik qat'iy tarbiya qilişlaridan qat'i nazar, öziga töq oilada voyaga yetayotgan tengdoşlariga qaraganda 20 foiz köproq semizlikka duç kelişini körsatdi.






