Osiyoning 5 karra eng yaxşi hakami deb e'tirof etilgan Ravşan Ermatov 21 noyabr kuni Xitoyning Guanjou şahrida bölib ötadigan Xitoyning "Guanjou Evergrand" va BAAning "Al Ahli" klublari örtasidagi öyinni boşqarib boradi.

Ermatovga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Törtinçi hakam Valentin Kovalenko etib tayinlangan. Hakamlar 18 noyabr kuni Xitoyga uçib ketadi.

Eslatib ötamiz, Ravşan Ermatov 2007, 2011, 2013 yillarda ham Osiyo çempionlar ligasi final öyinida boş hakam bölib işlagan edi.

"Guanjou Evergrand" - "Al Ahli"
21 noyabr 2015. Guanjou. "Tianxe" stadioni
Boş hakam: Ravşan Ermatov (Özbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi Özbekiston)
Zaxira hakami: Valentin Kovalenko (Özbekiston)
Dastlabki öyin: 0:0