“16 noyabr—Xalqaro bağrikenglik kuni”. Uşbu sana munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toşkent Islom universitetida Din işlari böyiça qömita va YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bağrikenglik—jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi. 

Ma'lumotlarga köra, ayni paytda mamlakatimizda 16ta diniy konfessiyaga mansub 2238 ta diniy taşkilot, 130 dan ortiq millat vakillarini özida jamlangan 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar emin-erkin faoliyat olib bormoqda va bu faoliyat qonuniy asosda mustahkamlab qöyilgan. Bağrikenglik va totuvlik asosida yuzaga kelgan bugungi tinçlik-osoyiştalik esa Özbekiston yutuqlarining asosiy poydevori bölmoqda.

“Xalqaro bağrikenglik kuni” munosabati bilan taşkil etilgan anjumanda sözga çiqqan ulamolar, dinşunos olimlar Özbekistondagi bağrikenglik siyosati, millatlararo totuvlik va özaro hurmat özbeklarga xos asriy an'analar ekanini ta'kidlaşdi.

“Allohga şukrki, bugun yurtimiz tinç-osuda. Qadimda allomalar yurtimizni bağrikenglik, totuvlik va tinçlikni tarğib qiluvçi asarlari bilan dunyoga tanitgan bölsa, bugun mamlakatimiz çin ma'noda turli millatlar axil-inoqlikda umr keçirayotgan baxtiyor yurt sifatida barçaning xavasini keltirmoqda. Bugungi anjuman ham buning yaqqol tasdiğidir. Anjumanga taşrif buyurgan xorijlik mehmonlarimiz va mutaxassislar ham buni e'tirof qilişayapti. Eng muhimi, doimiy inoqlik va axillikni asraş”, deydi Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov.

Anjumanda ma'ruza qilgan turli diniy konfessiyalar vakillari va xorijlik ekspertlar mamlakatimizdagi millatlararo va dinlararo totuvlikka yuqori baho berişdi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi”, deb belgilangani Özbekistonda e'tiqod erkinligi qay darajada muhim ekanini tasdiqlab turibdi, deya e'tirof etişdi.

“Özbekiston uçun bugungi kun şunçaki sana emas, balki bayram deyiş mumkin”. Çunki turli dinga, e'tiqodga mansub, biroq Vatani bir, insonlar fikrlaşayapmiz, döstona muloqot qilayapmiz. Şukr-ki, bugun bizning yurtimiz tinç, maqsad-niyatlarimiz öxşaş. Ana şu totuvlik ap osoyiştalik bardavom bölişini Yaratgandan söraymiz”, deydi Rus Pravoslav çerkovi rasmiy vakili protoiyerey Sergiy Statsenko.

Inson qanday dinga e'tiqod qilişi, qaysi millat vakili bölişidan qat'iy nazar qalbi hamişa ezgulikka eş bölişi, öz istiqomat manzilini asrab-avaylaşi, gullab-yaşnaşiga munosib xissa qöşişi lozim. Anjumanning yakuniy xulosasi ana şunday böldi.

"Şayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz