Qaşqadaryo viloyati markazi Qarşi şahrida pornografik va litsenziyalanmagan disklarni sotiş bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilişiça, aka-uka Nodir va Bobur Turdiyevlar Şohista Soatova bilan kelişgan holda litsenziyalanmagan xizmatlar körsatişni yöl qöyişgan. Şu maqsadda ular Qarşi şahridagi Xöjaxiyol mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, litsenziya olinişi şart bölgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan şuğullanişgan. Zöravonlik, şafqatsizlikni tarğib qiluvçi va pornografik mazmundagi filmlar yozilgan disklarni sotib, bu faoliyatdan olingan daromadni rasmiylaştirişmagan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ular ijaraga olgan uy közdan keçirilib, disklarni sotişdan tuşgan 2 mln söm hamda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklar aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olindi.






