Özbekiston olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar ştabi tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Özbekiston olimpiya terma jamoasining Qatarda bölib ötadigan 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionatida yuqori saviyada iştirok etişini ta'minlaş, 2016 yilgi Olimpiya öyinlarining futbol musobaqasiga yöllanmani qölga kiritiş yölidagi tayyorgarliklarni yanada kuçaytiriş maqsadida Özbekiston futbol federatsiyasi Prezidenti qaroriga asosan olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar ştabi tasdiqlandi", deyiladi xabarda.
Ştab quyidagiça köriniş oldi:
Boş murabbiy: Samvel Babayan
Katta murabbiy: Viktor Jalilov
Murabbiy: Ravşan Haydarov
Jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy: Andrey Şipilov
Darvozabonlar murabbiyi: Anvar Raşidov
Ilmiy uslubiy guruh: Gregoriy Kolosovskiy, Farhod Abduqodirov
Şifokor: Umid Bahromov
Ma'mur: Vitaliy Jalilov
Şu bilan birga yangi boş murabbiy rahbarligidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasining dekabr va yanvar oyidagi iş rejasi tasdiqlandi.
Qayd etiş kerakki, Özbekiston olimpiya terma jamoasining oldiga Braziliyada bölib ötadigan Olimpiya musobqalariga yöllanmani qölga kiritiş vazifasi qöyilgan.
Babayan Özbekiston olimpiya termasi boş murabbiyligi lavozimida Viktor Jalilovning örnini egalladi. Jalilov 2015 yilning 23 iyunidan beri olimpiyaçilarni boşqarib kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, Samvel Babayan Özbekiston milliy terma jamoasining amaldagi boş murabbiyi hisoblanadi. Endi u har ikkala jamoa natijalari uçun javobgar hisoblanadi.






