Turkiya boş vaziri Ahmat Dovudöğli Diyorbakr advokatlar uyuşmasi rahbari, kurd faoli Tohir Elçining qotillarini topişga va'da berdi. U qotillar Elçini emas, butun Turkiyani nişonga olganini ta'kidladi.

“Bu voqeaga aniqlik kiritiladi. Biz jinoyat foş etilmay qolişiga yöl qöymaymiz”, - ta'kidladi boş vazir.

Şuningdek, u hukumat voqea bilan boğliq ravişda tartibsizlik uyuştirayotganlar ham e'tiborsiz qolmasligini qayd qilib ötdi.
Tohir Elçi matbuot anjumani çoğida öldirildi. Istanbulda bu qotillikka norozilik sifatida namoyişlar ötkazildi.