Rossiya prezidenti ma'muriyati boşliği Sergey Ivanovning aytişiça, Turkiya rahbariyati IŞIDdan neft sotib oliş böyiça şubha ostida qolmoqda.
"Biz Turkiya xalqi bilan yaxşi aloqalarga egamiz. Biz ularni hurmat qilamiz. Lekin fakt şuki, Turkiya rahbariyaning IŞIDdan neft sotib olgani tasdiqlangan. Ular IŞIDdan olgan neftlarini butun dunyo böylab sotgan. Buni inkor qilib bölmaydi", deydi Ivanov RIA Novosti agentligiga.
2 dekabr kuni rossiyalik harbiylar Anqara IŞIDdan neft xarid qilişda iştirok etgani haqida dalillarga egaligini bildirgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan va uning hukumati esa bu ayblovni qat'iyan rad etib, Rossiyaning özi bunday savdoga aloqadorligini aytgan.






