RIA Novosti agentligining fikriça, Ğarb matbuoti göyoki “Turkiyaning IŞID bilan aloqalarini foş etgani uçun” Rossiyaga qarşi axborot kampaniyasini boşlab yuborgan. Rossiyaning bunday iddaolari isbot-dalilini topmagan bölişiga qaramay, darhaqiqat, oxirgi paytlarda Yevropa va Amerika gazetalarida, onlayn naşrlarida va ayrim telekanallarida Moskvaning xatti-harakatlariga bağişlangan materiallar berib borilmoqda.
Xususan, AQŞning The Washington Post va The New York Times gazetalari Rossiya “Moskva va Anqara kuraşidagi tölovni oşirmoqda”, degan fikrga kelişdi. “RF mudofaa vaziri örinbosari Anatoliy Antonov IŞID bilan neft oldi-sotdisida şaxsan Erdöğan iştirok etgani borasida birorta konkret dalil keltirmadi”, - deb yozadi naşr.
Voice of America AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Tonerning sözlarini keltirdi: “Biz buning rostligiga işonmaymiz”.
Bloomberg Moskvaning sözlarini “siyosiy ayblovlardan boşqa narsa emas”, deb baholagan bölsa, The Financial Times Rossiyaning Turkiyaga qarşi harakatlarini “ğazab natijasi” deb hisobladi. USA Today esa bölayotgan işlarni “Anqara va Moskva örtasidagi dahanaki jang” deb sanadi.
Nihoyat, Buyuk Britaniyaning Guardian naşri “Turkiya balki Rossiya uçun AQŞning örnini egallab, birinçi raqamli duşmanga aylanar”, degan fikrni berdi.






