Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining Gruziya fuqaroligidan mahrum qiliş böyiça farmoyişga imzo qöydi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
May oyida Mixail Saakaşvili rasmiy ravişda ukrain fuqaroligini qabul qilgandi. Şundan söng u Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangan.
Kuni keça mamlakat Adliya vazirligi Saakaşvilini fuqarolikdan çiqarib taşlaş böyiça prezidentga murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bölgandi.
Iyul oyida Saakaşvili Gruziya fuqaroligini rad etgandi. Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili bunday harakatni «mamlakatga tahdid qiliş» deya baholagandi.






