Rickenbacker tomonidan işlab çiqilib, The Beatles guruhi a'zosi Jon Lennon tomonidan foydalanilgan gitara Julien's Auctions auksion uyida 910 ming dollarga sotildi. Bu haqda taşkilot saytida ma'lum qilindi.

Uşbu gitara Lennonga guruhning boşqa a'zosi Ringo Starr tomonidan sovğa qilingan.
Bundan taşqari, auksionda The Beatles a'zosi Ringo Starrning barabani ham sotuvga qöyildi. Associated Press ma'lumotiga köra, uni Indianapolis Colts futbol jamoasining xöjayini Jim Irsey 2,2 million dollarni sotib oldi.

Ikki kun davom etgan auksion savdolarida Starr va uning turmuş örtoği Barbara Baxga tegişli bölgan 800ta buyum savdoga qöyildi. Daromadlarning bir qismi xayriya qilinişi aytildi.
2015 yilda Ringo Starr 75 yoşni qarşi oldi. Liverpul törtligining sönggi «Let It Be» albomi çiqqaniga esa 45 yil böldi.