Amnesty International huquq himoya qiliş taşkiloti özining saytida IŞID jangarilari oxirgi ön yilda Iroqqa nazoratsiz tuşgan qurol-aslahalardan foydalanayotgani haqidagi hisobotni çop etdi.
Videoroliklar va fotosuratlar tahliliga köra, jangarilar 25 ta davlat, jumladan Xitoy, Rossiya, AQŞ va Yevropa davlatlarida işlab çiqarilgan qurol-aslahalardan foydalanadi.
Taşkilotning qurol-aslahalarni nazorat qiliş xodimi Patrik Uilkenning aytişiça, jangarilar tomonidan işlatiladigan qurol-aslaha nazorat va tartib bölmagan mintaqada qurol-aslahaning oldi-orqaga qaralmay ongsizlarça sotilişiga misol böla oladi.
Ta'kidlanişiça, jangarilarning aksariyat qurol-aslahasi bir paytlar mintaqaga AQŞ va uning ittifoqçilari, Rossiya va sobiq ittifoqning boşqa davlatlari tomonidan yetkazib berilgan. Hisobotda ta'kidlanişiça, IŞID işlatayotgan an'anaviy qurol-aslahaning katta qismi 1970-yillardan 1990-yillargaça bölgan davrda işlab çiqarilgan.
Amnesty International şu tufayli Suriya hukumati va muholif guruhlarga qurol-aslaha yetkazib berişni töxtatişga çaqirmoqda, çunki nobarqaror mintaqalarda qurol-aslaha öz egasini osongina özgartirib, yanada köproq qurbonlarga olib kelişi mumkin.






