Keça, 7 dekabr kuni, Tojikiston hududida bir qança katta-kiçik yer osti silkinişlari kuzatilgan edi. 8 dekabr kuni, Toşkent vaqti bilan soat 3:01da seysmologlar mamlakat hududida navbatdagi silkinişni qayd qilişdi. Uning magnitudasi 4.5 ballni taşkil etdi. Episentr Murğobdan 102 km va Xoruğdan 186 km uzoqda joylaşgan. Silkiniş çuqurligi – 40 km.
Şu tariqa, bir sutka davomida Tojikistonda jami 6ta zilzila sodir böldi. 7 dekabr soat 22:51 va 23:54da 4.7 va 4.5 balli zilzilalar röy bergan bölsa, undan oldinroq, soat 12:50, 13:24 va 13:55da 7.2, 4.8 va 4.8 balli silkinişlar kuzatildi. Birinçi yer qimirlaşi eng kuçlisi böldi (7.2 ball).
Bu tabiiy ofatlarning barçasi Pomirda, Toğli Badaxşon muxtor viloyatida, Sarez köliga ança yaqin hududda sodir böldi.






