Hyundai kompaniyasi Genesis premial subbrendining birinçi modeli bölgan G90 sedanini taqdim etdi. Janubiy Koreyada kompaniyaning mazkur haşamatli modeli EQ900 nomi ostida sotiladi.
Modelning taşqi körinişi Hyundai’ning yangi dizaynerlik bölinmasi Prestige Design Division tomonidan işlab çiqilgan. Genesis G90 taşqi körinişini yaratiş jarayonini şaxsan Peter Şrayyer boşqarib bordi.

G90ning gabarit uzunligi 5 205 mm, kengligi 1 915 mm, balandligi 1 495 mm ni taşkil qiladi. Modelning ğildirak bazasi 3 160 mm ga teng. Sedan oxirgi avlod BMW 7-Series’dan 107 mm ga uzunroq, 13 mm ga kengroq va 28 mm ga balandroqdir. Ğildirak bazasidagi farq G90 foydasiga 90 mm dir.

G90 uçta benzin dvigateli bilan jihozlanişi mumkin. Ulardan biri Hyundai tvin-turbo motoridir. 6 silindrli V turbomotorning quvvati 370 ot kuçini taşkil qiladi. Qolgan atmosferali dvigatellarning işçi hajmi 3.8 (V6) va 5.0 (V8) l ni, quvvati esa 315 va 425 ot kuçini taşkil qiladi.

Barça motorlar 8 diapazonli ötkazmalar qutisi bilan uyğunlikda işlaydi. Sedanning eng kuçli versiyasi 100 km/soat tezlikka 5.7 sekundda kötariladi. Turbomotorli variantda bu körsatkiç 6.2 sekundga teng.

G90 aylana kuzatiş tizimi, 12.3 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, Lexicon audiotizimi, şuningdek, 14 xil boşqariş variatsiyalariga ega orqa örindiq elektr uzatmasi bilan jihozlangan. Bundan taşqari, Janubiy Koreyada maşina magistrallarda avtonom boşqariş tizimi bilan ta'minlanadi.

2020 yilga qadar Genesis subbrendi ostida çiqqan modellar soni 6taga yetişi aytilmoqda. Ular G80, G70 va hokazo nomlarga ega böladi.







