Peç universitetida işlovçi vengriyalik tarixçi Norbert Pap Usmonlilar sultoni Sulaymon Qonuniyning qabri topilganini e'lon qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Usmonlilarning eng qudratli hukmdorlaridan biri, haşamatli hayot keçirgani uçun Muhtaşam laqabini olgan Sulaymon I 1566 yili Vengriyadagi Sigetvar qasrini qamal qiliş çoğida olamdan ötgan. Tarixçining ta'kidlaşiça, uning qabri öşa kunlarda şohona çodir tikilgan joyda bölişi kerak.

Şunga qaramay, gipoteza tasdiqlanişi uçun qazilma işlarini davom ettiriş lozim, yangi qaziş mavsumi esa 2016 yil bahoridan boşlanadi.

Sulaymon I 71 yillik umrining 46 yilini taxtda ötkazgan. Uning davrida saltanat yanada kengaygan va boyigan. U vafot etganidan söng Sigetvar qamali töxtab qolmasligi uçun ölimi 48 kun davomida sir tutilgan. Taxmin qilinişiça, uning içki a'zolari şu hududda dafn etilgan, tanasi esa Istanbulga yuborilib, Sulaymoniya masjidi qabristoniga dafn etilgan. Vengriyadagi taxminiy qabr bugungi Turbek şaharçasi hududiga töğri keladi.

Sulaymon I uning hukmronlik yillari aks ettirilgan “Muhtaşam yuz yil” teleseriali orqali keng ommaga maşhur bölgan.