«Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning agenti Jorjye Mendeş öz mijozi yaqin orada klubni tark etmasligini ma'lum qildi.

«Kriştianu – barça davrlarning eng kuçli futbolçisi. Işonç bilan aytişim mumkinki, u keyingi 4, 5, 6 va yettinçi yilni ham «Real»da ötkazadi va faoliyatini Madridda yakunlaydi.

Madridda uni barça şaroitlar qoniqtiradi, u 40 yoşidagina butsalarini mixga ilişi mumkin», – deydi agent.

Bundan oldinroq Ronaldu yozda PSJ yoki «Mançester Yunayted»ga ötişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.