Mendeleyevning davriy jadvali törtta yangi unsur bilan töldirildi. Xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi (IUPAC) saytida xabar qilinişiça, yangi unsurlar 113, 115, 117 va 118-atom raqamlari ostiga joylaştirilgan.

Yangi unsurlarni olişdagi asosiy qiyinçilik şundan iborat ediki, ular yengilroq moddalarning muqaddam noma'lum izotoplariga bölinib ketadi. Barça yangi elementlar sun'iy ravişda sintez qilingandir. Tabiatda urandan oğirroq (ya'ni atom raqami 92dan ortiq bölgan) unsur mavjud emas. Atom raqamlari element atomi yadrosidagi protonlar sonini aks ettiradi.

RIKEN instituti olimlari Mendeleyev jadvalining “yaponiy” nomli 113-unsurining kaşfiyotçilari deb tan olindi. 115, 117 va 118-unsurlar Dubnadagi (Moskva) Birlaşgan yadroviy tadqiqotlar instituti, Livermor milliy laboratoriyasi (Kaliforniya) va Ok-Rij milliy laboratoriyasi (Tennessi) xodimlaridan iborat birlaşgan AQŞ-Rossiya ilmiy xodimlari guruhi tomonidan oçildi.

Yangi elementlarga vaqtinçalik ununpentiy (ununpentium — Uup), ununseptiy (ununseptium — Uus) i ununoktiy (ununoctium — Uuo) nomlari berildi, beş oydan söng davriy jadvalda ularning haqiqiy ismlari va 2 harfli ifodalari paydo böladi.
2011 yilda Mendeleyev jadvaliga ikki yangi element kiritilgan edi. Bular 114 va 116-raqamli flevoriy va levirmoriylardir.