Rossiyaning «Zenit» futbol klubi sobiq boş murabbiyi Luçano Spalletti tez orada özining yana bir eski jamoasi «Roma»ga qaytişi mumkin.

56 yoşli mutaxassis bugunning özidayoq iste'foga çiqarilişi kutilayotgan rimliklar boş murabbiyi Rudi Garsiyaning örnini egallaş uçun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Sky Sport Italia naşri bergan xabarga köra, «Roma» rahbariyati Marselo Belsa («Marsel», «Atletik» klublari sobiq boş murabbiyi) yoki Çili terma jamoasi boş murabbiyi Xorxe Sampaoli variantini emas balki Spallettini tanlaşni ma'qul körmoqda.

Qayd qilinişiça, «Roma» rahbariyatidan faqatgina sport direktori Valter Sabatini haligaça amaldagi boş murabbiy Garsiyani qöllab-quvvatlamoqda.

Eslatib ötamiz, Spalletti «Roma»da 2005 yildan 2009 yilga qadar faoliyat olib borgandi.