Iroqning Al-Miqdadiya şahrida yuz bergan 2ta portlaş tufayli kamida 20 kişi halok böldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Birinçi portlaş şahardagi kazino binosi oldida hudkuş-terrorçi tomonidan amalga oşirilgan. Ikkinçi portlaş esa köçada qoldirilgan avtomobildagi portlovçi qurilma harakatga keltirilişi natijasida yuz bergan.
Bu teraktlar tufayli kamida 50 kişi jarohatlangani aytilmoqda.
Qayd etilişiça, bu şahar Iroq poytaxti Bağdod şahridan 80 km masofada joylaşgan.
Bundan oldinroq, Bağdoddagi savdo markazida noma'lum şaxslar 70 nafarga yaqin kişini garovga olgani haqida xabar berilgandi.










