Toşkentga davlat idoralari va işbilarmon doiralarining 150 nafardan ortiq vakilidan iborat Iroq Kurdistoni delegatsiyasi taşrif buyurdi. Taşrif Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi hamda Savdo-sanoat palatasi kömagida taşkil etildi.

Delegatsiya tarkibiga Erbil, Sulaymoniya, Kirkuk, Halabja va Dohuk savdo-sanoat palatalari rahbarlari, Kurdiston mintaqaviy hukumati vakillari hamda qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, quriliş, töqimaçilik, zargarlik, energetika, savdo va xizmat körsatiş sohalarida faoliyat yurituvçi kompaniyalar rahbarlari kirdi.

Tomonlar örtasida bölib ötgan uçraşuvlarda savdo, investitsiya va sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Kurdiston tomoni özbekistonlik kompaniyalarni öz bozoriga jalb qilişdan manfaatdor ekanini bildirib, buning uçun zarur şaroitlarni yaratişga tayyorligini ma’lum qildi.

Muzokaralarda qişloq xöjaligi va mahsulotlarni qayta işlaş sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, çorvaçilik, parrandaçilik, oziq-ovqat işlab çiqariş, meva-sabzavotlarni qayta işlaş hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş böyiça qöşma loyihalar körib çiqildi.

Taşrif doirasida delegatsiya a’zolari zargarlik fabrikasi, qandolat fabrikasi, işlab çiqariş majmuasida bölib, mahalliy işlab çiqariş quvvatlari bilan tanişdi. Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni Iroq Kurdistoni bozoriga yetkazib beriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Taşrifning muhim tadbirlaridan biri sifatida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Iroq Kurdistoni Savdo va sanoat palatalari federatsiyasi iştirokida iqtisodiy forum ötkazildi. 400 dan ortiq tadbirkor qatnaşgan forum yakunida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Tomonlar kelgusida biznes-delegatsiyalar almaşinuvini kengaytiriş, körgazmalarda faol iştirok etiş hamda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.