Örta asrlarga oid bölgan 700 ta tangadan iborat xazina Praga yaqinidan topilgan. Bu haqida Pardubits şahridagi Şarqiy Çexiya muzeyi matbuot xizmati xabar qilgan.
Muzeyning ilmiy xodimi Petr Vorel bu topilmani “asr xazinasi” deyiş mumkin deb hisoblaydi, çunki Markaziy Yevropada “topilgan tangalarning hajmi, töliqligi va a'lo darajada saqlanganligi borasida bunga öxşaşi yöq”.

X asrga oid bölgan topilma haqida muzey direktori şunday demoqda: “Bu butun Yevropa böylab iste'molda bölgan kumuş çex dinorlaridir. Har bir tanganing hajmi örtaça 0,5 gramni taşkil etadi. Ular örta asr Çexiya davlati yaqin savdo aloqalarini olib borgan Novgorod va Kiyev Rusida tölov vositasi sifatida keng qöllanilgan”, - deya aniqlik kiritgan olim.
Xazina 2015 yilning noyabr oyida yölovçi tomonidan topilgan, biroq muzey bu haqida yanvar oyida ma'lum qildi. Saqlanib qolgan 400dan ortiq tanga va 300dan ortiq qoldiqlar, şuningdek ular solingan idiş siniqlari örganiş va saqlaş uçun taqdim etilgan. Xazinani topgan odamga 2 million kron hajmidagi mukofot puli va'da qilingan edi.
Mahalliy qonunçilikka köra, xazina topilgan hududga tegişli böladi. Tangalar 2016 yilning kuzida omma e'tiboriga namoyiş etiladi va Pardubitsdagi muzeyning doimiy numizmatik kolleksiyasining domiy qismiga aylanadi.








