Xonanda Ledi Gaganing Oskar mukofotiga nomzodligi prodyuser Linda Perri tomonidan “ğirromlik” deb baholandi. Bu haqda The Hollywood Reporter naşri yozmoqda.

Ledi Gaga Dayan Uorren bilan birga “Qöriqxona” filmidagi Til It Happens to You treki uçun Oskarga nomzod sifatida körsatilgan. Perrining taxminiga köra, Ledi Gaga kompozitsiyaning yozilişida iştirok etmagan, u şunçaki qöşiqni ijro etgan. AQŞ kinoakademiyasining qoidalariga muvofiq, oltin haykalça qöşiq ijroçilariga berilmaydi.

Uorren ijro etgan demodan ma'lum bölişiça, Ledi Gaga, Perrining ta'biriça, “qöşiqqa bir neçta yangi söz kiritgan, xolos”.

Perrining taxmin qilişiça, Uorren qöşiqni reklama qiliş maqsadida Ledi Gagani hammuallif deb belgilagan.

Oradan bir muddat ötgaç, prodyuser bu sözlari uçun uzr söradi va qöşiqning yaratilişini bevosita kuzatmaganini tan oldi.

Uorren, öz navbatida, kompozitsiya Ledi Gaga bilan “öziga xos hamkorlik” mevasi ekanligini ta'kidlab ötdi.