“Rusfond” xayriya jamğarmasi tergov qömitasiga ariza kiritib, 2014 yili marhum xonanda Janna Friskeni davolaş uçun töplangan 21 mln rubl miqdoridagi pulning talon-toroj qilinişi yuzasidan jinoiy iş qözğatişni söradi. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi xabar bermoqda.

Rusfond yuridik xizmatining bayonotiga köra, artistning vafotidan yarim yil ötib, Jannaning hisobidagi pullar yöq bölib qolgani borasida aniq ma'lumot topildi. Bu mablağ boşqa şaxslarning hisobiga ötkazilgan bölişi mumkin.

“Qonunga muvofiq, Jannaning vafotidan söng 16 dekabrdan boşlab merosxörlik huquqiga ega bölgan merosxörlarga Rusfond 20 890 831 rubl nimaga sarflangani haqida hisobot sörab murojaat qilgan edi, ammo heç qanday javob kelmadi. Janna Friskening vasiyatnomasini rasmiylaştirilgan notarius orqali qilingan murojaat ham javobsiz qoldi. Şu tariqa, bahsni sudoldi bosqiçda hal qiliş imkoni bölmadi”, - deyiladi xabarnomada.

2014 yil yanvarida Janna Friskening saraton xastaligiga çalingani ma'lum böldi. Şundan söng Birinçi kanal xonandani davolaş uçun mablağ töplaş kampaniyasini taşkil qildi, unda Rusfond ham iştirok etdi.

Rusfond maxsus hisobga 25 mln rubldan ortiq mablağ ötkazgan edi. Kelişuvga binoan, pullar nimaga sarflanişi yuzasidan hisobot topşirib borilişi lozim edi. Ammo Friske vafot etdi, pullarning qolgan qismi böyiça esa merosxörlar hisobot topşirişni istamayapti.