Katta bölmagan ölçamdagi uçuvçisiz havo qurilmasi 4 fevral kuni keçki payt Nyu-Yorkdagi eng maşhur osmonöpar bino bölmiş 102 qavatli Empire State Building binosiga kelib urildi. Bu haqda megapolis politsiyasiga asoslangan holda TASS axborot agentligi xabar bergan.
Manbaning sözlariga köra, uşbu binoning 40-qavatiga kelib urilib, söng 35-qavatdagi maydonçalardan biriga kelib tuşgan qurilmaning egasi, Nyu-Jyersida yaşovçi yigit hibsga olingan. U bino qöriqçilariga qurilmani unga qaytarişlarini sörab tahdid qilganida xodimlar uni politsiyaga topşirgan.
Ma'lumot uçun, Empire State Building balandligi böyiça Nyu-York megapolisidagi uçinçi örinda, mamlakatda beşinçi örinda turuvçi osmonöpar bino hisoblanadi. 1976 yildan beri şaharda muhim marosimlar vaqtida binoning yuqori qismini turli ranglarga böyaş an'anaga aylangan.






