Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğon AQŞ hukumati şerik sifatida Turkiya hukumati yoki kurd kuçlarining “Demokratik kengaş” partiyasidan birini tanlaşi lozim, deb hisoblamoqda. Bu haqda RIV “Novosti” xabar qildi.

Erdöğon uşbu fikrlarni AQŞ prezidentining elçisi bir hafta muqaddam Anqara Kurdiston Işçilar partiyasi bilan aloqadorligi bois terroristlar deb hisoblaydigan kurd qöşinlari nazorati ostida bölgan Suriyaning Kobani şahriga kelgani izoh sifatida uşbu fikrlarni aytib ötdi.

“Qanday qilib sizga (AQŞga) işonişimiz mumkin? Bizmi sizning şerigingiz yoki Kobanidagi terroristlar?”, - dedi Erdöğon.

AQŞ prezidenti Barak Obamaning IŞIDga qarşi kuraş böyiça xalqaro koalitsiyadagi maxsus vakili Bret Makgurk ötgan haftada Suriya şimolidagi kurdlar nazorat ostida bölgan hududga kelib, IŞIDga qarşi kuraş olib borayotgan kurd-arab alyansi vakillari bilan muzokaralar olib borgan edi.