Angliya futboliga Riyod Mahrez va Ngolo Kkanteni kaşf etib bergan «Lester» skauti Ben Rigglsvort endi «Arsenal» uçun işlaydi. Uning özi şu haqda ma'lum qilgan.
«Uç yarim yil davomidagi ajoyib faoliyatimdan keyin men yangi rahbarlar bilan işlayman.
Bu qarorni, «Lester»dan ketiş qarorini qabul qiliş oson bölmadi. Ammo men öz imkoniyatlarimdan yanada töliqroq foydalanişga va özimni yanada yaxşiroq namoyon etişga qaror qildim.
«Lester»ga kelgusida muvaffaqiyatlar tilayman. Men bu jamoada omadga erişganimdan xursandman», deya yozgan u öz tvitterida.
Qayd etiş kerakki, Rigglsvort ötgan mavsum avvalida Fransiya çempionatidagi «Kan» jamoasidagi Ngolo Kanteni sotib olişga rahbariyatni köndirgan va futbolçi 5,6 mln funt evaziga Angliyaga köçib ötgandi. Hozirda aynan u "tulkilar"ning muvaffaqiyatli iştirokida asosiy işlarni qilmoqda.
Uning yana bir kaşfiyoti Riyod Mahrez esa 2014 yilda 400 ming funt evaziga «Gavr»dan transfer qilingandi. Mahrez joriy mavsumda APLda samarali öyin böyiça yaqqol peşqadamlik qilmoqda. Jazoirlik iqtidor egasi 24 öyinda 14ta gol urib, 10ta golli uzatmaga muallif bölgan.
Rigglsvort londonliklar jamoasidan yanvar oyida taklif olgan va hozirda bu taklifni qabul qilgan.
Bundan oldinroq, «Arsenal» «Lester»ning skautlar bölimi rahbari Stiv Uolşga 1 mln funt taklif qilgandi.







