Angliya çempionatining 26-turidagi yana bir markaziy uçraşuv "Mançester Siti" va "Tottenhem" klublari örtasida ötkazildi. Unda mezbonlar 1:2 hisobida yutqazib qöydi.

Öyinning birinçi bölimida ikki jamoa ham ehtiyotkor öyin uslubi qölladi va hisob oçilmadi.

Öyinning 53-daqiqasida boş hakam Mark Klattenburg şubhali vaziyatda "şaharliklar" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda Rouz tomonidan tepilgan töp jarima maydonçasi içida Rahim Sterlingning yelkasiga tegdi, lekin hakam bu vaziyatda futbolçi töpni qöli bilan qaytardi deb hisobladi. Harri Keyn esa belgilangan penaltidan gol urib, londonliklarni oldinga olib çiqdi.

Şundan söng mezbonlar murabbiyi Manuel Pellegrini tavakkalga qöl urib, tayanç yarim himoyaçisi Fernandoni hujumçiga alamaştirdi. 65 daqiqada maydonga tuşgan yoş nigeriyalik hujumçi Keleçi Ixeanaço 74-daqiqada gol urib hisobni tenglaştirdi.

Lekin, 83-daqiqada "şporlar"ning daniyalik futbolçisi Kristian Eriksen "Tottenhem"ning ikkinçi golini urdi va hisobni 1:2 körinişiga keltirdi. Öyinning qolgan qismida hisob özgarmay qoldi.

Endilikda Poçettino şogirdlari oçkolar sonini 51taga yetkazib oldi va töplar nisbatidagi ustunlik evaziga "Arsenal"ni ortda qoldirib, ikkinçi öringa kötarilib oldi.

Angliya çempionati, 26-tur
Mançester Siti – Tottenhem 1:2
Gollar: 0:1 – 53, penalti Keyn, 1:1 – 74 Ixeanaço, 1:2 – 83 Eriksen.
Mançester Siti – Xart, Kompani, Klişi (Kolarov, 75), Sabaleta, Otamendi, Fernando (Ixeanaço, 66), Fernandino, Ture, Silva, Sterling, Aguero.
Tottenhem – Loris, Vimmer, Alderveyreld, Rouz, Dayyer, Alli (Lamela, 81), Dembele, Eriksen, Uoker, Keyn, Son Xyn Min (Kerroll, 72).
Ogohlantirişlar: Dayyer (45), Kompani (46), Vimmer (56), Kerroll (76).